Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 16.10.2026
1. Qanday ma'lumot yig'amiz
Ro'yxatdan o'tishda: ism, telefon raqami, biznes nomi. Xizmatdan foydalanishda: siz bergan ruxsat doirasida Meta reklama kabineti statistikasi, e'lonlar va lid-formalar orqali kelgan murojaatlar (ism, telefon, forma javoblari).
2. Lid-forma to'ldirgan shaxslar uchun
Siz reklama orqali formani to'ldirganingizda ma'lumotingiz (ism, telefon, javoblar) o'sha reklamani bergan bizneske yetkaziladi, u siz bilan bog'lanishi uchun. Lidyor bu ma'lumotni faqat shu biznes nomidan saqlaydi, boshqa maqsadda ishlatmaydi va uchinchi shaxslarga sotmaydi.
3. Nima uchun ishlatamiz
- Reklamani yaratish, yoqish va optimallashtirish;
- hisobot va bildirishnomalar yuborish (Telegram);
- to'lovlarni tasdiqlash va yordam ko'rsatish.
4. Saqlash va o'chirish
Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi. Obuna tugagach lidlar 90 kun saqlanadi, keyin o'chiriladi. Istalgan payt o'chirishni so'rashingiz mumkin. Meta kirishini Business Manager sozlamalaridan o'zingiz olib tashlaysiz.
5. AI
Reklama matni va tahlil uchun sun'iy intellekt modellaridan foydalanamiz. Lidlarning shaxsiy ma'lumotlari (telefon) AI modelga yuborilmaydi.
6. Aloqa
Savol va o'chirish so'rovlari: kabinetdagi Telegram bot orqali.